"Atletiko" Yevro-2024 chempionini uz safiga olib keladi

  • 31.03.2026 21:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

AS nashri bergan ma'lumotlarga koʻra, “Atletiko Madrid” chap qanot himoyachisi borasida bozorni oʻrganmoqda va ispaniyalik Mark Kukurelya bilan shartnoma imzolamoqchi. Biroq londonliklar futbolchini kuyib yuborish niyatida emas.

"Atletiko" kuzatib borayotganlar orasida  "Vilyarreal"dan ijaraga olingan Karlos Romero, "Sporting"dan Maksimiliano Arauho, "Ayntraxht"dan Nataniel Braun va "Bryugge"dan Xoakin Seys ham oʻrin olgan. Biroq, aynan Kukurelya “matraschilar” uchun ustuvor maqsad hisoblanadi.

"Chelsi" futbolchisi joriy mavsum APLda 27 ta oʻyinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Azizjon Abduvaliev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!