"Atletiko" Feliksdan g‘azabda! Klub matbuot xizmati uning "Barsa"ga o‘tish istagiga izoh berdi

  • 19.07.2023 15:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" Joau Feliksning "Barselona"ga o‘tish istagi haqida aytgan fikrlariga izoh berdi. 

Avvalroq, portugaliyalik hujumchi insayder Fabritsio Romanoga bergan intervyusida "Barselona" har doim uning uchun birinchi tanlov ekanligi va Kataloniya klubida o‘ynash bolalikdagi orzusi ekanini aytgandi. 

"Marca" xabariga ko‘ra, "matraschilar" Feliksning gaplarini hurmatsizlik va noprofessionallik, deb hisoblaydi. 

"Futbolchining agenti u qanday shartlar evaziga klubni tark etishi mumkinligini yaxshi biladi. Bu masala bo‘yicha qo‘shimcha qiladigan hech qanday gapimiz yo‘q", - dedi Madrid klubi matbuot xizmati. 

"Cope" xabariga ko‘ra, portugaliyalikning intervyusi "Atletiko" bilan kelishilmagan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!