"Atletiko" hujumchisi jamoani tark etadi

  • 22 may, 2024, 21:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasida "Atletiko" hujumchisi Memfis Depay jamoani tark etadi, dnya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Jurnalistning ta’kidlashicha, niderlandiyalik strayker bilan rahbariyat shartnomani yangilamaslik bo‘yicha kelishib oldi. Endi futbolchi erkin agentga aylanadi. 2023 yilda 3 million evro evaziga "matraschilar" tarkibiga kelib qo‘shilgan Memfis 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagandi. 

Depayga ayni paytda qaysi klublar qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yo‘q. Ammo 30 yoshli hujumchi hali ham Evropada o‘ynay oladi. 

Faoliyati davomida "Barselona", "Manchester Yunayted", "Lion" va PSVda to‘p tepgan futbolchi ushbu mavsum "Atletiko" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!