"Atletiko" Madridda "Valensiya"ni taslim qildi (video)
Ispaniya La Ligasining 20-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Valensiya”ga qarshi bahs olib bordi.
Madriddagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi va yakunda “matraschilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Atletiko”ga g‘alaba keltirgan gollarga Juan Feliks (23'), Luis Suares (54') hamda Anxel Korrea (72') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Valensiya”ning yagona golini Urosh Rachich (11') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar