
"Atletiko" Morataning o‘rnini kim bilan to‘ldiradi? Bir nechta nomzodlar bilan tanishing
Yaqindagina "Atletiko" Madrid bilan xayrlashgan Alvaro Morata, endilikda faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi. U "Milan" bilan shartnoma imzoladi.
Madrid klubi esa ketgan futbolchining o‘rnini to‘ldirish ilinjida va bu uchun bir qancha nomzodlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, "Jirona" hujumchisi Artyom Dovbik, "Lill" futbolchisi Jonatan Devis, "Monako" to‘purari Vissam Be Yedder, "Roma" vingeri Paulo Dibala, "Feeynord" hujumchisi Santyago Ximenes, "Sporting" forvardi Viktor Gyokeres, "Vilyarreal"dan Aleksandr Syorlot va "Yuventus" hujumichisi Dushan Vlaxovich kabi futbolchilar jamoaning short-listidan o‘rin olgan.
Fikrlar