"Atletiko" Oblakka raqobatchi sifatida yangi posbon olib kelmoqchi!

  • 27.05.2025 14:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" jamoasi yozgi transfer oynasida darvozabonlar qatorini kuchaytirish niyatida. AS nashrining xabariga ko‘ra, jamoa diqqatini "Malorka" klubi posboni Leo Romanga qaratgan.

24 yoshli darvozabon Yan Oblakning ehtimoliy ketishi fonida uning o‘rnini egallashga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Leo Roman hozirda "Malorka" bilan 2026 yilgacha tuzilgan shartnoma asosida harakat qilmoqda. Uning to‘lov miqdori taxminan 10 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli "matraschilar" darvozaboni joriy mavsum 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 ta gol o‘tkazib yuborgan holda, 17 ta bellashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!