"Atletiko" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

  • 18.09.2021 21:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga 4-turining markaziy bahsi o‘z yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda "Atletiko" Madrid o‘z maydonida Bilbaoning "Atletik" jamoasini qabul qildi. 

Kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. Bundan tashqari, "matraschilar" futbolchisi Joau Felish 78-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.  
 
Mazkur durangdan qat’i nazar, Madrid klubi 11 ochko bilan turnir jadvalida vaqtincha peshqadamlikni saqlab qoldi. "Atletik" esa o‘z ochkolarini 9 taga etkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!