"Atletiko" "Real" futbolchisini xarid qilmoqchi
Madridning "Atletiko"si "Real" forvardi Luka Yovichni yozgi transferlar oynasi vaqtida xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda serbiyalik futbolchi "qaymoqrangliklar" safida o‘zini ko‘rsata olmayapti, shu sabab 22 yoshli futbolchining yangi mavsumda "Real" tarkibidagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. O‘z navbatida "matraschilar" Yovich uchun etarli o‘yin amaliyoti vada qilishlari mumkin.
Joriy mavsumda forvard "Real" libosida Ispaniya chempionati doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.



Fikrlar