"Atletiko" "Real"ga uchta gol urgan futbolchini xarid qilmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Valensiya" yarim himoyachisi Karlos Soler faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda As nashri.

Futbolchining xizmatlariga "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. U Solerni klub g‘oyalariga mos keladi, deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi La Ligada 7 ta o‘yinda 4 ta gol urishni uddaladi. Xavbek "Real" darvozasini bitta o‘yinda uch marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!