"Atletiko" Ronalduning agenti bilan muzokara o‘tkazgan
Kecha “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Atletiko”ga o‘tishi borasida mish-mishlar tarqaldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Madrid klubi va portugaliyalik futbolchi o‘rtasida jiddiy narsa yo‘q.
“Matraschilar” 37 yoshli forvardning agenti Xorxe Mendesh bilan muzokara o‘tkazdi, ammo tomonlar aniq to‘xtamga kela olishmagan. Avvalroq Ronaldu madridlikar bosh murabbiyi Diego Simeoneni Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rishni istashi va u bilan birga ishlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
Hujumchi o‘tgan mavsum "Manchester Yunayted"ning barcha turnirlar doirasidagi 37 o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.
“Transfermarkt” portali portugaliyalik futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar