"Atletiko" Suaresga zo‘r sherik topdi. Ammo...

  • 6 aprel, 2021, 20:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Atletiko" rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Vilyarreal" hujumchisi Jerar Morenoni Madridga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone Morenoni jamoaning urugvaylik hujumchisi Luis Suaresga tandem sifatida ko‘rmoqda. Simeone allaqachon “Atletiko” sport direktori Andrea Bertedan Morenoni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Madridliklarni bu fikrdan faqatgina 28 yoshli futbolchining narxi qaytarishi mumkin. Transfermarkt ispaniyalik goleodorni 35 mln evroga baholamoqda. Ammo "Vilyarreal" uni 100 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Morenoning “sariq suv osti kemasi” bilan imzolagan shartnomasida uning tovon puli aynan 100 mln evro etib belgilangan.

Jerar joriy mavsum “Vilyarreal” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 23 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!