"Atletiko" "Xetafe"dan himoyachi sotib oladi
"Xetafe" klubi chap qanot himoyachisi Matias Olivera faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradigan bo‘ldi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “matraschilar” 22 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Endi klublar Oliveraning tovon puli bo‘yicha murosaga kelishsa bas. Matiasning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 20 mln evroni tashkil etadi.
“Xetafe” Oliverani 10 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor. Ammo “Atletiko” uning narxini yana ham tushirishga harakat qilmoqchi.
Fikrlar