"Atletiko" yirik hisobda g‘alaba qozondi, Suares va Feliksdan dubl
La Liga 30-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Alaves" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Matraschilar" safida Feliks hamda Suares dubl qayd etdi. Mehmonlarning yagona goliga Eskalante mualliflik qildi.
Shu tariqa, Simeone shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 57 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 22 ochkosi bor "Alaves" so‘nggi pog‘onani band etgan.



Fikrlar