"Atletiko"ning 2 futbolchisi koronavirusdan sog‘aydi
“Atletiko” forvardi Diego Kosta va himoyachi Santyago Arias jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kosta va Ariasda 3 sentyabr kuni koronavirus aniqlangan edi. Shundan so‘ng, ikkala futbolchi ham karantinga olindi. Ularning ikkalasida ham kasallik alomatlarsiz o‘tdi.
“Atletiko” La Liganing yangi mavsum ilk bahsini 27 sentyabr kuni “Granada”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar