
Audi Cup. "Bavariya"ni engan "Tottenxem" chempion bo‘ldi, "Real" - "Fenerbaxche" uchrashuvi esa gollar shousiga aylanib ketdi
Kecha Myunxen shahrida an’anaviy Audi Cup turniri o‘z yakuniga etdi. Dastlab musobaqaning 3-o‘rni uchun kechgan bahsda “Real” “Fenerbaxche”ni 5:3 hisobida engdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida esa mezbon “Bavariya” “Tottenxem”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlari 2:2 hisobida durang bilan yakunlangach g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda omad “shporlar”ga kulib boqdi.
"Real" - "Fenerbaxche" - 5:3 (2:2)
Gollar: Mendesh Rodrigesh, 6 - 1:0, Benzema, 12 - 1:1, Benzema, 27 - 1:2, Dirar, 34 - 2:2, Benzema, 53 - 2:3, Ozan, 59 - 3:3, Nacho, 62 - 3:4, Dias, 79 - 3:5.
"Fenerbaxche": Altay Bayindyr, Reyes, Saglam (Isla, 57), Ozan, Alper Potuk (Mexmet Ekidji, 74), Dirar (Abduldjebrail Akbulut, 74), Kadioglu (Mouzes, 57), Jailson (Sayyadmanesh, 82), Mendesh Rodrigesh (Tunch, 74), Kruze, Murichi (Fray, 74).
"Real": Navas (Lunin, 46), Nacho, Marselu (Guterres, 61), Varan (de la Fuente, 46), Odriosola (Karvaxal, 61), Valverde (Kubo, 73), Isko (Seoane, 73), Kroos (Modrich, 73), Azar (Vaskes, 46), Benzema (Rodrigu, 61), Vinisius Junior (Dias, 61).
***
"Tottenxem" - "Bavariya" - 2:2; penalti - 6:5
Gollar: Lamela, 19 - 1:0, Eriksen, 59 - 2:0, Arp, 61 - 2:1, Devis, 81 - 2:2.
"Tottenxem": Loris (Gassaniga, 46), Uoker-Piters (Foyt, 46; Marsh, 80), Sanches (Alderveyreld, 46), Vertongen (Tanganga, 46), Rouz (Uayi, 46), Uinks (Skipp, 46), Sissoko (Georgiu, 84), Alli (Keyn, 46), Lamela (Eriksen, 46), Nkudu (Son Xyn Min, 46), Lukas (Rouls, 75).
"Bavariya": Noyer (Ulrayx, 46), Zyule (Zilla, 46; Koman, 76; Mixalevich, 77), Pavar, Kell (Myuller, 79), Tolisso (Sanshesh, 61), Vill (Boateng, 46), Yoxansson (Alaba, 60), Devis, Singx, Nollenberger (Tiago, 62), Arp (Levandovski, 75).
Fikrlar