
Audi Cup. Bugun "Tottenxem" va "Bavariya" finalda, "Real" va "Fenerbaxche" esa 3-o‘rin uchun o‘ynaydi
Xabaringiz bor kecha Myunxenda Audi Cup tijoriy turniri start olgan edi. Aytish kerakki, ushbu musobaqada mezbon “Bavariya”dan tashqari shuningdek “Real” Madrid, “Tottenxem” va “Fenerbaxche” klublari ishtirok etishmoqda.
Kecha “Tottenxem” 1:0 hisobida “Real”ni engan bo‘lsa, “Bavariya” “Fenerbaxche”ni ayab o‘tirmadi – 6:1.
Shu tariqa bugun, “Tottenxem” va “Bavariya” (23:30) turnir finalida to‘qnash kelishadi. 3-o‘rin uchun bahsda esa “Real” va “Fenerbaxche” (21:00) o‘zaro maydonga tushadi.
Fikrlar