"Аudi" Formula-1'dagi birinchi bolidini namoyish etdi (Foto)
Kecha, 20 yanvar kuni Berlinda "Audi" o‘zining Formula-1'dagi birinchi poyga bolidini ommaga taqdim etdi. Jamoaning debut mavsumdagi poygachilari germaniyalik Niko Hyulkenberg va braziliyalik Gabriel Bortoleto bo‘lishadi.
Formula-1 jamoalarining qolgan taqdimotlari grafigi:
23 yanvar - "Alpin" (livreya), "Ferrari";
2 fevral - "Mersedes";
3 fevral - "Uilyams";
8 fevral - "Kadillak";
9 fevral - "Aston Martin", "Maklaren".
Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida amaldagi jahon chempioni "Maklaren" haydovchisi Lando Norris hisoblanadi. Konstruktorlar kubogi Britaniyaning "Maklaren" jamoasida qoldi.
Fikrlar