
Avariyada halok bo‘lgan Jota qaerga ketayotgani aniqlandi
“Liverpul” hujumchisi Diogu Jotaning Ispaniya yo‘llarida avariyaga uchrab, halok bo‘lgani butun dunyo ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda.
Bu avtohalokatda 28 yoshli futbolchiga hamrohlik qilgan ukasi Andre Silva ham vafot etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, aka-uka ketayotgan sportmashinasi shina yorilishi oqibatida trassadan chiqib ketgan. Mashina tez yonib ketgani uchun undan chiqishning imkoni bo‘lmagan.
CNN nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Jota yaqinda o‘pkasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va shifokorlar unga samolyotda uchishni ta’qiqlagan. Diogu ukasi bilan Santander shahriga borib, u erdagi portdan kemada Buyuk Britaniyaga etib olishni maqsad qilgan ekan.
Mohir futbolchi Angliyaga qaytib, “Liverpul” bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘lga chiqqani aytilmoqda.
Fikrlar