Avstraliya - O‘zbekiston: Uchrashuvni kim sharhlaydi?

  • 23 yanvar, 2024, 12:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi 3-tur o‘yinini o‘tkazadi. Srechko Katanets boshchiligidagi termamizga Avstraliya terma jamosi raqiblik qiladi.

Tecno

Mazkur bahsni Davron Fayziev sharhlab boradi. Bu haqida jurnalistning o‘zi telegram kanalida ma’lum qildi: 

"Bugun katta o‘yin. O‘zbekiston terma jamoasi guruh etakchisi Avstraliya bilan uchrashadi. G‘olib chiqsak guruhni birinchi o‘rinda yakunlaymiz. Durang bo‘lsa ikkinchi o‘rin bilan chiqamiz. Guruhimizdagi vaziyat bu o‘yinni deyarli bosimsiz o‘tkazishga imkon beradi. Demak ortiqcha hisob kitobga berilmay, bor imkoniyatni ishga solib futbol o‘ynash mumkin. Bunday sharoitda jamoamiz odatda ochiladi va yaxshi harakat qiladi. Avstraliyaga birinchi gol ham bugun urilsin, birinchi g‘alaba ham bugun qayd etilsin. Efirda birgalikda nishonlash nasib qilsin.

16:30 dan boshlab Sport telekanali translyatsiyasi orqali suhbatni davom ettiramiz", - deb yozdi Fayziev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alsher
23/01/2024 13:58
Jamoamizga omad haqiqiy òyin bòladi manimcha albatta yutamiz
&
Тулкинбой
23/01/2024 12:53
Нима хам дердик футболчиларимизга омад тилаймиз