Avstraliya terma jamoasi a’zosi O‘runovga qiziqayotgan jamoaga o‘tishi mumkin

  • 28 iyul, 2020, 09:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Milosh Degenek faoliyatini "Spartak" Moskvada davom ettirish niyatida ekanini aytdi.

Tecno

“Spartak” – ajoyib muxlislarga ega kuchli jamoa. U bilan hamkorlik qilish men uchun sharaf. Men Jahon chempionati paytida Rossiyada bo‘lganman, bu go‘zal mamlakat. Menga u erlar juda yoqqan.

“Spartak”ga o‘tish bu ajoyib ish bo‘lardi. Rossiya chempionati juda kuchli. Muxlislar, stadionlar, mamlakat...hammasi chiroyli”, - deydi Degenek.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Degenek joriy mavsum “Tsrvena Zvezda” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U faoliyati davomida "Shtutgart", "Myunxen 1860", "Yokogama Marinos" va "Al-Xilol" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Bundan avvalroq, hamyurtimiz Oston O‘runov ham "Spartak"ga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!