Avstraliyaga qarshi uchrashuvlarda hozircha nollar! (O‘yinlar tarixi)
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 3-turi doirasida 23 yanvar sanasida Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs guruh peshqadamini aniqlab berishi bilan o‘zgacha ahamiyat kasb etadi.
Ayni damda vakillarimiz 4 ochko bilan "B" guruhida ikkinchi o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, ikki o‘yinda ham maksimal ochko to‘plagan "yashil qit’a vakillari" 6 ochko bilan kvartetda birinchi pog‘onadan joy olgan.
Qayd etish lozim, termamiz hozirga qadar o‘tkazilgan Avstraliyaga qarshi o‘yinlarning birortasida g‘alaba qozona olmagan. 4 uchrashuvda, 3 mag‘lubiyat va 1 durang. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston hali bu terma jamoa darvozasiga biror marotaba ham yo‘l topa olmagan.
Demak, 23 yanvar sanasida bo‘ladigan o‘yin mana shu "qora an’ana"ga chek qo‘yishning ayni vaqti. 
Fikrlar