Avstraliyalik bokschi raqibini eb qo‘ydi

  • 13.10.2024 01:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta boks oqshomi davom etmoqda.

Ushbu musobaqada birinchi og‘ir vazn toifasida IBF kamari uchun Jey Opetayya va Jek Massi o‘zaro ringga ko‘tarildi. Jang boshidanoq avstraliyalik ringda to‘liq ustunlik qilib, raqibiga to‘xtovsiz bosim o‘tkaza boshladi. Natijada oltinchi raundga kelib, Massi burchagi mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, texnik nokaut bilan Opetayya foydasiga g‘alaba e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!