
Axrol Ro‘ziev boshchiligida Jahon chempionatining texnik konferentsiyasi o‘z ishini boshladi
Bugun, Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida UNITED WORLD WRESTLING vitse-prezidenti Axrol Ro‘ziev boshchiligida 2019 yilgi Jahon chempionatining texnik konferentsiyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur chempionatda 2010 yilgi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi eng ko‘p litsenziyalar (108 ta ) o‘ynaladi.
Eslatib o‘tamiz: 14-22 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida sport kurashlari (yunon-rim kurashi, erkin kurash va ayollar kurashi) bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bahslarida 27 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi. Ulardan 9 nafari erkin kurash, 10 nafari yunon-rum va 8 nafari ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.
Fikrlar