"Ayaks" "Beshiktosh"ni o‘z maydonida mag‘lub etdi

  • 28 sentabr, 2021, 23:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Ayaks" - "Beshiktosh" bahsi yakuniga etdi va mazkur uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bellashuvning 17-daqiqasida Bergeys o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Alle oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng Niderlandiya klubi hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va ular "S" guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Istanbul jamoasi ilk ikki turda mag‘lub bo‘lgan holda, 4-o‘rindan joy olgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!