
"Ayaks" Rossiyada to‘p tepgan futbolchini harid qildi (Foto)
Gollandiyaning "Ayaks" jamoasi "Sevilya"dan Kuinsi Promesni sotib oldi. Tomonlar 5 yillik shartnoma imzolashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Uning transfer summasi 15,7 mln evroga tushdi. Bu summa 17,2 mln evroga ko‘tarilishi mumkin. 2018 yilning yozida Promes Moskvaning "Spartak" jamoasidan "Sevilya"ga o‘tgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi 33 o‘yinda maydonga tushdi va 2 gol urib, 3 ta assistentlik qildi. "Spartak" tarkibida gollandiyalik futbolchi Rossiya chempioni va superkubok sohibi bo‘lgan.
Fikrlar