“Ayaks” sharmandali mag‘lubiyat guvohlariga pul beradigan bo‘ldi

  • 27 dekabr, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning “Ayaks” jamoasi Niderlandiya kubogining 1/16 finalida “Xerkules” futbolchilaridan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta tark etgan edi.

Tecno

“Xerkules” Niderlandiya chempionatining to‘rtinchi divizioni vakili bo‘lgani uchun “Ayaks”ning mag‘lubiyati muxlislarga og‘ir botdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Ayaks” rahbariyati jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun raqib stadioniga borgan muxlislarning xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.

- Jamoamizning yomoni o‘yini tufayli sizlar bu mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildingiz. Biz bu mag‘lubiyatdan uyatdamiz. O‘yinchilar va murabbiylar bilan kelishilgan holda, uchrashuvga chipta olgan muxlislarning barchasiga xarajatlar qoplab beriladigan bo‘ldi, - deyiladi klub bayonotida.

Utrext shahridagi uchrashuvga amsterdamlik muxlislardan 325 nafar borgani qayd etilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!