"Ayaks"ning yana bir futbolchisi "Barselona"ga o‘tishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafikoni sotib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 26 yoshli argentinalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida xarid qilishni rejalashtirishmoqda. Aytsh lozimki, amsterdamliklar ushbu futbolchi uchun 20 mln evro so‘rashmoqda. Biroq, “Barselona” Talyafiko uchun u qadar katta mablag‘ to‘lamoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Talyafikoga shuningdek "Real", "Atletiko" va "Arsenal" klublaridan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Talyafiko joriy mavsum “Ayaks” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar