Ayni damda dunyoning eng qimmat himoyachisi kimligini bilasizmi?

  • 1 aprel, 2023, 11:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" klubining markaziy himoyachisi va Qatar mundialining bronza medali sovrindori Yoshko Gvardiol "Transfemarkt"portali tomonidan jahon futbolidagi eng qimmat himoyachi sifatida tan olindi. Nufuzli manbaga ko‘ra, uning narxi 75 million evro.

 Ikkinchi o‘rinda xuddi shunday qiymat bilan "Bavariya" a’zosi, 23 yoshli Matteys de Ligt joylashgan. Uchinchi o‘rinda esa "Manchester Siti"dan 25 yoshli Ruben Diash joylashgan.

"Bavariya"ning yana bir futbolchisi Alfonso Devis reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lib, uning narxi 70 million evro. Kuchli beshlikka "Chelsi"ning 23 yoshli mudofaa vakili Ris Jeyms 70 million evro bilan yakun yasagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!