Ayollar futboli. O‘zbekiston U20 terma jamoasi xalqaro turnirda bosh sovringa ega chiqdi

  • 18 iyun, 2021, 02:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi "CAFA U20 Women’s Championship 2021" xalqaro musobaqasida g‘alaba qozondi.

O‘FA matbuot xizmati ma’lumotlariga qaraganda, 4 o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozonib, 1 ta durang o‘ynagan vakilalarimiz 5 ishtirokchidan iborat guruhda 1-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, yosh futbolchilarimiz mazkur musobaqa davomida 23 bor raqibalari darvozasini ishg‘ol etdi. So‘nggi bellashuvda Ilhom Xanjariev shogirdlari Tojikiston ustidan 7:1 hisobida ustun keldi.

photo_2021-06-17_22-57-35

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!