Ayollar oʻrtasidagi OCHL. "Sevinch" soʻnggi daqiqalardagi gol evaziga chorak finalda oʻz yurishini toʻxtatdi

  • 29.03.2026 11:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ayollar oʻrtasidagi Osiyo Chempionlar ligasining chorak finalida "Sevinch" klubi Avstraliyaning "Melburg Siti" jamoasi mehmoni boʻldi va 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashdi. 
 
Dastlab, uchrashuvning 38-daqiqasida Xolli Maknamara vakillarimiz darvozasini ishgʻol qildi. Oradan 4 daqiqa oʻtib, Zarina Mamatkarimova oradagi farqni yoʻqqa chiqarqan holda, hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. 89-daqiqada esa Chinaza Uchendu mezbonlarning gʻalaba goliga mualliflik qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!