
Aytsak ishonmaysiz, turning eng ko‘p muxlislari Toshkentdagi o‘yinda qayd etildi
26-28 avgust kunlari Superliganing 18-turi o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.
Tur o‘yinlariga jami 31139 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 4448ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Toshkentdagi “Paxtakor” – “Andijon” bellashuvida qayd etildi - 6354. Bu kamdan-kam uchraydigan holat.
Eng kam ishqibozlar Termizda. “Surxon” – “Qizilqum” bahsini 3120 ishqiboz bevosita o‘yingohdan tomosha qildi.
Jizzaxda ishqibozlar soni ortib bormoqda. Bu gal "So‘g‘diyona" - AGMK uchrashuviga 5027 tomoshabin kelgan.
Quyida 18-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
PAXTAKOR - ANDIJON 5:1. 6354 tomoshabin
METALLURG – NAVBAHOR 1:0. 5421 tomoshabin
SO‘G‘DIYoNA – AGMK 1:0. 5027 tomoshabin
BUNYoDKOR – LOKOMOTIV 1:1. 4842 tomoshabin
QO‘QON-1912 – NASAF 1:0. 3252 tomoshabin
DINAMO – BUXORO. 3123 tomoshabin
SURXON – QIZILQUM 2:0. 3120 tomoshabin
Fikrlar
Ёлгон ма'лумотлардан сакланиш- бу сайт рейтингини кутариш гаровидир.
Вилоятни чекка туман ва чекка хали интернет хизмати(0 ноль) ривожланмаган кишлогларидаги мухлислар севимли мураббийлари кайтишидан бехабар колишган йукса стадион тулган буларди десам хам ишонайверинг.