Ayyor echim! “Siti” Rodrini berib, “Real”ning superyulduzini olmoqchi

  • 09.12.2025 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga “Real”da porlayotgan Arda Gyuler kerak. Ispaniyalik murabbiy turk futbolchisini o‘z jamoasiga ko‘rishni istayapti.

Defensa Central nashrining yozishicha, “shaharliklar” bu transferni amalga oshirish yo‘llarini qidirmoqda. Hozircha, bir echim o‘rtaga tashlandi.

Unga ko‘ra, manchesterliklar Rodri va Gyuler rokirovkasini taklif qilmoqchi. “Manchester Siti” mutasaddilari “Qirollik klubi” anchadan beri “Oltin to‘p” sohibini ko‘zlab yurganini biladi.

Biroq transfer bo‘yicha ekspertlar bu reja ish berishiga ishonmayapti. Gap shundaki, Rodri o‘tgan yilgi og‘ir jarohatdan keyin hali o‘ziga kelgani yo‘q. 29 yoshli futbolchi shikastlanishga moyil bo‘lib qolgan.

Arda Gyuler esa, jamoani Xabi Alonso qabul qilib olganidan keyin “Real”da asosiy figuralardan biriga aylandi. O‘tgan mavsumda bir necha bor klubdan ketishi haqida gapirgan turkiyalik yarim himoyachi endi Madriddan uzoqlashishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!