Ayyor Ronaldu! U nega “Borussiya”ga o‘tmoqchi bo‘lgani fosh etildi

  • 25 avgust, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga chiqa olmagach, jamoa asosiy to‘purari Krishtianu Ronaldu ketish haqida o‘ylay boshladi.

Uning agenti Jorje Mendesh futbolchining xizmatlarini bir necha klub – xususan, “Borussiya”ga ham taklif qildi.

Bild nashrining yozishicha, bu ish bejiz bo‘lmagan. Nashr Ronaldu Chempionlar ligasidagi ishtiroki orqali Nike, Clear va Binance brendlaridan shartnoma daromadlarini olishni ko‘zlagan. Bu pullarga ega bo‘lish uchun portugaliyalik futbolchi dortmundliklar safiga qo‘shib olsa, maoshining ma’lum qismidan voz kechishini ham bildirgan.

Bundan tashqari, Krishtianu Angliya, Ispaniya va Italiya chempioni hisoblanadi va bu sovrinlari qatoriga Germaniya Bundesligasi bosh sovrinini ham qo‘shish istagida bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!