
Azamat Nuftillaev Toshkentda jang qiladi. Raqib ma’lum bo‘ldi
19 fevral kuni Toshkentda U1 hamda "Oktagon" promousheni hamkorligida katta MMA kechasi tashkil etiladi. Ushbu oqshomda bir qator o‘zbekistonlik mashhur MMA vakillari jang qiladi.
"Fayt-kard" haqida batafsil ma’lumot bergan edik. Bugunga kelib, yana bir mashhur MMA jangchimiz ushbu turnirda jang qiladigan bo‘ldi. Ya’ni, og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan, "Ajdar" nomi bilan mashhur vakilimiz Azamat Nuftillaev rossiyalik Arsen Abakarov bilan bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, Azamat Nuftillaev xozirga kelib, 9 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Abakarovning rekordi esa, 5-3 ko‘rinish olgan.
Fikrlar