Azar Anchelottini hayratda qoldirdi

  • 16 iyul, 2022, 10:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi mavsumoldi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Sekin-asta etakchi futbolchilar ham yig‘inga qo‘shilib, yangi mavsumga jiddi tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi.

Tecno

Xususan, kecha belgiyalik vinger Eden Azar ham “qirollik klubi” safiga qaytganidan so‘ng ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi.

“Marca” nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi ta’tildan mukammal formada qaytgan va bosh murabbiy Karlo Anchelottini o‘z harakatlari bilan hayratda qoldirgan.

Futbolchi yaqinda bergan intervyusida yangi mavsumda hammasi boshqacha bo‘lishini va muxlislar undan kutgan o‘yinni namoyish etishga va’da berdi.

Ma’lumot o‘rnida, yakuniga etgan mavsum Azar "Real"ning barcha musobaqalar doirasidagi 23 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!