Azar Angliyaga qaytadi, lekin “Chelsi”ga emas

  • 26 oktabr, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘z o‘yinini ko‘rsata olmagan Eden Azar o‘zi moslashgan Angliya premer-ligasiga qaytishi kutilmoqda. Avvalroq, belgiyalik hujumkor futbolchi “Chelsi”ga qaytib borishi kutilgandi. Biroq “aristokratlar” yoshi o‘ttizga etgan va ko‘p jarohat olayotgan o‘yinchini olish bo‘yicha bi qarorga kelgani yo‘q.

Tecno

Bundan Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” foydalanib qolmoqchi. Ular 30 yoshli futbolchini 25 million evroga sotib olishga tayyor.

Azarning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Shunga qaramay, madridliklar katta maosh olayotgan futbolchidan tezroq qutilmoqchi bo‘lyapti.

Eden Azar joriy mavsumda to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, jamoasiga birorta samara keltirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!