Azar "Chelsi"ga qaytadimi?
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar "Chelsi"ga qaytishga qiziqmayapti, deya xabar bermoqda Marca.
Nashrning yozishicha, hozircha 31 yoshli belgiyalik futbolchi o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan London klubiga qaytish variantini ko‘rib chiqmayapti. Ta’kidlash kerakki, Azar 2012 yildan 2019 yilgacha “aristokratlar” safida to‘p surgan va faoliyatining eng yorqin damlari ham aynan mana shu klub bilan bevosita bog‘liq.
Azar boshqa takliflarni ko‘rib chiqmoqchi, ammo hozircha unga da’vogarlar yo‘q.
Joriy mavsumda Azar "Real" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 18 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar