Azar Mbappening “Real”ga o‘tmaganidan nega xursand bo‘ldi?

  • 2 iyun, 2022, 10:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madridning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Kilian Mbappening “qaymoqranglilar” safiga o‘tmaganidan xursand ekanligini yashirmadi.

Tecno

Azarning ta’kidlashicha, Mbappe kelganida, uning asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashgan bo‘lardi. Shuning uchun, Eden frantsiyalik futbolchi PSJda qolishga qaror qilganidan xafa emasligini bildirdi. 

“Men “Real”da qolaman va barchaga qanday futbolchi ekanligimni isbotlayman”, — deydi Azar.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe yozgi transfer oynasi paytida "Real"ga o‘tishi mumkin edi, ammo Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishni ma’qul ko‘rdi.

Hujumchining PSJ bilan yangi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!