Azar: "Men murabbiy o‘rnini Terri Anri egallashini kutgandim"

  • 13 mart, 2023, 15:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Azar Tedeskoning Belgiya terma jamoasiga kelishiga qanday munosabat bildirganini aytib berdi.

Madridning "Real" klubi vingeri Eden Azar Rossiya chempionatida Moskvaning "Spartak" jamoasidagi faoliyati bilan tanilgan germaniyalik mutaxassis Domeniko Tedeskoning Belgiya terma jamoasiga kelganiga munosabat bildirdi.

"Men bu qarordan hayratda qoldim. Men murabbiy o‘rnini Terri Anri egallashini kutgandim. Shaxsan men Tedesko bilan tanish emasman, shuning uchun undan nima kutishni bilmayman. Uni "Real" Madridning ba’zi futbolchilari bilan muhokama qilishgan, ular uni yaxshi murabbiy ekanligini aytishgan", - dedi Azar.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyaning sobiq ustozi Roberto Martines 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng jamoani tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!