
Azar "Real" tarixidagi eng omadsiz transfer, deb topildi
Xabaringiz bor, “Real” yarim himoyachisi Eden Azar yana jarohat oldi va 6 haftagacha maydonga tusholmasligi aytilmoqda.
Marca nashri o‘z o‘quvchilari o‘rtasida “Real” tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingini tuzish bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda Azar 49 foiz ovoz to‘plagan holda “Real” tarixidagi eng omadsiz transfer, deb topildi.
Bu borada kuchli uchlikda Jonatan Vudgeyt (17%) va Garret Beyl (13%) joy oldi. Keyingi o‘rinlarda Robert Prosinechki (6%) va Aren Robben (1%) qayd etildi.
Aytish lozimki, “Qirollik klubi” 30 yoshli belgiyalik futbolchini 2019 yilning yozida 100 million evrodan ortiqroq mablag‘ evaziga sotib olgan edi. Ammo u kelgandan buyon 3/2 qism vaqtni davolanishga sarfladi.
Fikrlar