Azar "Real"ning boshiga bitgan balo bo‘ldi

  • 25.03.2022 22:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid yarim himoyachisi Eden Azar jarohati sabab yaqin vaqtlar ichida maydonga tusha olmaydi. 

 Bir necha kundan so‘ng belgiyalik futbolchi katta operatsiyani boshidan o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda "Cope" nashri xabar beryapti.

Mazkur operatsiya tufayli Azar kamida 5 hafta "qirollik klubi"ga yordam bera olmasligi mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Azar La Liga  doirasida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!