Azar yanvarda boradigan klub nomi ma’lum bo‘ldi

  • 8 noyabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Madridga kelganidan beri o‘zini ko‘rsata olmayotgan Eden Azardan tezroq qutilmoqchi. Katta maosh olayotgan belgiyalik hujumkor futbolchi Karlo Anchelotti davrida ham asosiy tarkib o‘yinchisiga aylana olmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nib borayotgan yulduzni “Nyukasl” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Bu klub saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan beri yangi o‘yinchilarni transfer qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Qarg‘alar” Azar uchun “Qirollik klubi”ga 20 million evro to‘lashga tayyor. Shuningdek, “Aston Villa” ham Edenni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

2019 yilda Madridga ko‘chib kelgan Azarning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!