Azarni APLga qaytaradigan klub topildi!
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar shu yozda Angliyaga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Defensa Central.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 31 yoshli futbolchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. “Qarg‘alar” belgiyalik yulduz bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Real” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar