Azarning kelajagi Tuxelga bog‘liq

  • 24 yanvar, 2022, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir paytlar jahon yulduzi darajasiga ko‘tarilgan Eden Azar hozir qiyin vaziyatga tushib qolgan. “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni jamoaning asosiy o‘yinchilari qatorida ko‘rmayapti. Belgiyalik yulduzga boshqa munosib taklif yo‘q.

Tecno

Aslida birdaniga boyib ketgan “Nyukasl” Azarga jiddiy qiziqqan edi. Biroq mashhur futbolchi premer-liga autsayderi taklifini qabul qilmadi.

Azarni “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Biroq “aristokratlar” bu transferni amalga oshirish uchun bitta to‘siq bor. Bu ham bo‘lsa, bosh murabbiy Tomas Tuxel. Agar germaniyalik mutaxassis bu o‘yinchini ma’qullasagina mutasaddilari transfer bo‘yicha ish boshlaydi.  

Ta’kidlash joizki, Tuxel yoshi o‘tib qolayotgan va jarohatlarga moyil Azarga u qadar qiziqmayapti. Tajribali mutaxassis jamoani tezkor, chidamli, mehnatkash va o‘z falsafasiga mos keladigan yosh futbolchilar evaziga shakllantirish yo‘lidan borishni ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!