Aziz G‘aniev jamoasi muhim g‘alabaga erishdi. Hamyurtimiz esa...

  • 14.09.2020 21:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Osiyo Chempionlar ligasi "V" guruhi 3-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" - "Shahr Xodro" uchrashuvi yakunlandi.

Bellashuv taqdirini birgina gol hal qildi. 75-daqiqada Abdalla Suhail raqib darvozasini ishg‘ol qildiva "Shabab Al-Ahli"ga muhim g‘alabani keltirdi.

"Shabab" tarkibida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Aziz G‘aniev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa, hamyurtimiz o‘ynayotgan jamoa "OChL-2020" guruh bosqichidagi ilk g‘alabasini rasmiylashtirdi.

{game}id{/game}

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!