Aziz G‘aniev Malayziyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda, Iordaniya mamlakatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Mazkur yig‘in doirasida vakillarimiz bugun Malayziyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs oldidan Aziz G‘aniev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Yangi murabbiy boshchiligida terma jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildik. Ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Tiklanish jarayonlari yaxshi o‘tdi. Xudo xohlasa, maydonga tushishni boshlab, formaga qaytib, yana muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
Malayziya kuchsiz raqib emas. Har bir bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Ularning o‘yinlarini ham kuzatdik. Oldimizdagi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, kutilgan natijani qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylayman".
Fikrlar