Aziz G‘aniev: Milliy jamoamiz g‘alabasi uchun o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman
O‘FA rasmiy "Telegram" sahifasi Eron MTJga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin yarim himoyachimiz Azizjon G‘anievning fikrlarini e’lon qildi:
"Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng terma jamoa yig‘iniga chaqiruv olish, albatta, quvonarli holat. Bu o‘ziga yarasha g‘urur va mas’uliyat, deganidir. Pandemiya jiddiy ta’sir ko‘rsatgan xalqaro miqyosdagi futbolning qaytishi har bir futbolchi, har bir muxlis uchun go‘yoki katta tantana. Rostini aytganda, tomoshabinlar qo‘llab-quvvatlashini his qilib, MTJ safida to‘p surishni barchamiz birdek sog‘indik. Nasib qilsa, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarida munosib harakat qilib, milliy jamoamiz g‘alabasi uchun o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman", - dedi hamyurtimiz.

Fikrlar