Aziz To‘xtaboev: Muxlislardan uzr so‘rayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bugungi o‘yinda faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushgan edik. Futbolchilarga orqaga yo‘l yo‘q ekanligini tushuntirgandim. Gol urishni haddan tashqari ko‘p istaganlaridanmi bilmadim nimagadir futbolchilarda vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik etishmadi. Aksincha raqiblarimiz kam sonli hujumlarini gol bilan yakunlashdi.

Agar barcha vaziyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bugungi uchrashuvda bizni qo‘llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Mag‘lubiyat uchun ulardan uzr so‘rayman. Keyingi o‘yinlarda vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilamiz", - deb To‘xtaboevning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!