Azizbek Abdug‘ofurov kubalik nokautchiga qarshi jang qilishi mumkin!

  • 26 avgust, 2022, 13:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

O‘zbekistonlik professional bokschi Azizbek Abdug‘ofurov (14-1,5 KO) navbatdagi jangini 24 sentyabr kuni Polshada o‘tkazishi mumkin. 

Raqib ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Katta ehtimol bilan yurtdoshimiz kubalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan Osleys Iglesias Estradaga (6-0,5KO)qarshi ringga ko‘tariladi. 

Ma’lumki, Abdug‘ofurov rossiyalik promouter Vladimir Xryunov bilan 4 ta jangga shartnoma imzolagandi. Aynan polyak zaminidagi boks oqshomi ham Xryunov tomonidan tashkil etilmoqda. 

Bokschimizning saytimizga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Agar, ushbu muzokara ijobiy yakunlansa, hamyurtimiz kubalik nokautchiga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdug‘ofurov so‘ngi jangida rossiyalik WBA Gold kamari soxibi Fyodor Chudinovni mag‘lub etgandi.

Screenshot_2022-08-26-13-16-31-110_com.android.chrome

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!