Azizbek Abdug‘ofurov professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va WBC Silver kamarini boy berib qo‘ydi

  • 21 mart, 2021, 08:52
  • 2
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Ikkinchi o‘rta vazn (76, 2 kg) toifasida  WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

Mazkur jangda Azizbek rossiyalik Pavel Silyaginga qarshi ringa ko‘tarildik. 12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar evaziga aniqlandi. Jang yakuniga ko‘ra, hakamlar to‘qnashuvda ustunlikka erishgan Silyaginga (120-108, 119-109, 119-109)  g‘alabani taqdim etishdi.

Ma’lumot uchun, bu Azizbek Abdug‘ofurovning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyati hisoblanadi. Shuningdek, vakilimiz WBC Silver kamarini Pavel Silyaginga boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
21/03/2021 14:24
Плохо очень плохо
Baxil Alihuja
21/03/2021 12:47
Эх, нотугри тактика кулланди. Силягин зарбаси йук, лекин техника юкори боксчи. Азизбек эса тескариси, зарбаси зур, лекин техникаси уртача.